Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘mitaga shikoyat qilib kelgan ayollarning hibsga olinganligi yuzasidan tarqalgan xabarlar bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Ushbu holat Qo‘mita hududidan tashqarida, trassada ro‘y bergan. Shu kuni ayollar Qo‘mitagacha yetib kelmagan, xodimlar bilan uchrashmagan.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, ushbu ayollar jamoatchilik tartibini buzganligi uchun ko‘chada Milliy gvardiya xodimlari tomonidan olib ketilgan.

Ushbu voqeadan keyin ayollar Qo‘mitaga taklif etilgan, ular bilan suhbat o‘tkazilgan, ularning muammolari huquq-tartibot idoralari vakolatida bo‘lganligi tufayli, o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilmoqda. Ikki nafar ayolning muammolariga esa ijobiy yechim topilgan.

“Hurmatli vatandoshlar! Shu o‘rinda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasida fuqarolarni qabul qilish ishlari har kuni amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.  Qo‘mita raisi Tanzila Norboyevaning qabul kunlari — haftaning har payshanba kuni (xizmat safarida bo‘lgan kunlaridan tashqari)”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi