O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Assouline Publishing nashriyotining hammuassisi va muharriri Yaffa Assulin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyevaning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Foto: Facebook / Saida Mirziyoyeva

“Agentlikda Assouline Publishing nashriyotining hammuassisi va muharriri Yaffa Assulin hamda buyumlar va landshaftni suratga olish sohasida e’tirof topgan fotograf Laziz Hamani bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosini aks ettiradigan uchta kitob chop etish loyihasini muhokama qildik.

Kitoblar 2021-yilda Luvr muzeyida ochiladigan “Ipak yo‘lidagi tamaddunlar va madaniyatlar” nomli ko‘rgazma doirasida taqdim etiladi.

Ushbu loyiha ancha qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Xorij kitobxonlari jozibador diyorimizni nafaqat yaqindan bilib oladi, balki ularda O‘zbekistonga kelish va barchasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish istagi paydo bo‘ladi!”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Foto: Facebook / Saida Mirziyoyeva

Foto: Facebook / Saida Mirziyoyeva