Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namanganda ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi xodimlari ishtirokidagi ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslari birinchi yig‘ini yakunlandi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

Ilk o‘quv yig‘ini bitiruvchilari xamda ikkinchi o‘quv yig‘ini qatnashchilari ishtirokidagi tantanali marosimda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Rustamjon Hatamov so‘zga chiqib, tashkil etilgan o‘quv-amaliy kurslar natijasida Nukus shahrida joriy yilning ikki oyi davomida jinoyatlar 41 foizga kamayishiga erishilgani hamda mavjud 59 ta mahalladan 46 tasida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmaganini aytib o‘tdi. Namangan viloyatida ham tez fursatlarda ushbu o‘quv kurslardan kutilgan natijaga erishish uchun xodimlar egallagan bilimlarini amaliyotda muntazam qo‘llashi lozimligini ta’kidladi.

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

Badiiy qismdan so‘ng marosimga tashrif buyurgan mehmonlar o‘quv kursi ishtirokchilari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida o‘quv binosiga tashrif buyurdi. Rustamjon Hatamov xodimlarga ajratilgan yotoqxona, kutubxona, o‘qituvchilar xonasi, videokonferensiya zallari xamda darsxonalardagi qulayliklar bilan tanishib, bu borada taklif va tavsiyalarini berdi.

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

O‘quv kursi ishtirokchilari uchun harbiy qism hududida barcha qulaylik va sharoitlar yaratilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad esa xodimlarning ma’naviy, aqliy, jismoniy va jangavor salohiyatini oshirishdan iborat.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda madaniyat uyi yongani rad etildi. U yerda xodimlar shashlik pishirish uchun ko‘mir yoqqan (video)
Dunyo
Rivojlanayotgan davlatlar uchun falokat: AQSH va Yevropa o‘rtasida savdo urushi bo‘lishi kutilyapti
Mahalliy
Farg‘ona va Namangan aeroportlarini quyuq tuman qopladi, reyslar kechikadigan bo‘ldi