“Real” yarim himoyachisi Dani Sebalyos klubdan ketishga yaqin turibdi. Bu haqda AS xabar berdi.
Manbada yozilishicha, Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan 22 yoshli ispaniyalikka jamoaning kelasi mavsumdagi rejalariga kirmasligini ma’lum qilgan. Futbolchi bunga javoban, uning o‘zi ham fransiyalik mutaxassis qo‘l ostida o‘ynashni istamayotganini aytgan.
Ma’lumot uchun, Sebalyos “Qirollik klubi” tarkibiga 2017-yilda “Betis”dan kelib qo‘shilgandi.
Eslatib o‘tamiz, u 2018/19-yilgi mavsum La Ligada 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)