Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

14-iyun kuni Milliy matbuot markazida “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusiga bag‘ishlab brifing o‘tkazildi.

Ma’lumki, “Agrobank” respublikamizdagi yirik, keng tarmoqli tijorat banki bo‘lib, 940 ta infratuzilma obyektlari, ya’ni 178 ta filial, 196 ta minibank va 566 ta shoxobchalar orqali mamlakatimizning qariyb barcha hudularida keng turdagi moliyaviy bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Bundan tashqari 402 ta bankomat va 420 ta infokiosklar orqali mijozlar o‘z o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan.

Bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan va aholini tadbirkorlikga jalb qilish bo‘yicha keng ko‘lamli tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tadbirkorlik sub’ektlariga 3 trln 22 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. Ushbu kreditlar ajratilishida asosiy e’tibor joylarda yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratildi. Birgina “Har bir oila — tadbirkor” davlat dasturi doirasida joriy yilning o‘zidayoq 1 trln 480 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan.

Bundan tashqari, bank tomonidan xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning kredit liniyalarini jalb qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 2018-yilda 2 ta chet el bankidan 30 mln. AQSh dollari miqdorida mablag‘ jalb qilingan bo‘lsa, joriy yilning shu davriga qadar 7 ta xorijiy banklardan 325 mln. AQSh dollari miqdoridagi kelishuvlar imzolandi. Ushbu kredit liniyalar hisobidan 68,0 mln. AQSh dollari miqdorida mablag‘lar turli loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirildi.

Bankning rasmiy veb-saytida oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish va yosh tadbirkorlarni o‘z biznesini ochishga ko‘maklashish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlariga yaratilgan imtiyozlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda “Agrobank” jamoasi ham iqtisodiyotni yanada taraqqiy ettirish, tadbirkorlarning biznes loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, aholi va mijozlar uchun qulay bo‘lgan innovatsion, interfaol va elektron bank xizmatlarini yanada rivojlantirish yo‘lida o‘zining munosib hissasini qo‘shaveradi.

“Agrobank” ATB matbuot xizmati

Sayt: www.agrobank.uz

Telegram 

Instagram

Facebook

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada deputatlar davlat budjeti muhokamasida mushtlashdi (video)
Mahalliy
Namangandagi ko‘mir mashmashasi: aholi uchun ko‘mir sotib olish — ovoragarchilik, rahbarlar esa ko‘mirga talab uning sifati yaxshiligidan demoqda (video)
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda