Xorazm viloyati hududida tashkil qilingan yozgi bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish oromgohlarida “Quvnoq qutqaruvchi” musobaqalari doirasida ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Xorazm viloyati FVB xabar berdi.
Tadbirlar davomida “Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, yong‘inlarni oldini olish va bartaraf etish” va “Suvda cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarni oldini olish” mavzularida davra suhbatlari va viktorinalar tashkil qilinmoqda.
Jumladan, Qo‘shqo‘pir tumanidagi “Xumo”, Xiva tumanidagi “Xiva gulshani”, Xiva shaxridagi “G‘uncha”, Xazorasp tumani Tuproqqal’a massividagi “Lochin”, Xonqa tumanidagi “Sog‘lom avlod” va “Jayhun quyoshi”, Urganch tumanidagi “Shodlik” oromgohlarida bu kabi tadbirlar o‘tkazildi.
Izoh (0)