Respublika tovar-xom ashyo birjasi axborot tizimida chiroyli sonlar kombinatsiyasiga ega mobil telefon raqamini sotish bo‘yicha ilk bitim tuzildi.

Foto: Respublika tovar-xom ashyo birjasi

O‘tkazilgan elektron savdo natijasiga ko‘ra onlayn auksion orqali Usell uyali aloqa operatorining (+998 93) 577-88-88 mobil raqami sotildi.

Ushbu lot joriy yil 4-iyun kuni Toshkent shahri jismoniy shaxslari uchun savdoga quyilgan edi.

Raqobat jarayonida savdo ishtirokchilari bir necha marotaba o‘z narx takliflarini berishdi. Natijada boshlang‘ich bahosi 4 000 000 so‘mlik mobil raqamning sotilish qiymati 5 360 000 so‘mgacha yetdi. O‘sish darajasi boshlang‘ich narxga nisbatan 34 foizni tashkil etdi.