Gonkong politsiyasi hukumat binolarini to‘sib qo‘ygan namoyishchilarga qarata rezina o‘q bilan o‘t ochdi. “Exo Moskvi”ning yozishicha, politsiyachilar namoyishchilarni tarqatish uchun qalampirli gaz va to‘qmoqlardan ham foydalangan.

Foto: Reuters

Gumonlanuvchilarni Xitoyga ekstradatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga norozilik bildirib, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 1 millionga yaqin odam Gonkong ko‘chalariga chiqqan.

Qayd etilishicha, bu 1997-yili Buyuk Britaniya Gonkongni Xitoy ixtiyoriga qaytarganidan beri o‘tkazilgan eng katta ommaviy norozilik namoyishiga aylangan.