Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchilik guruhiga Farg‘ona shahar Do‘stlik ko‘chasida yashovchi ayoldan uning 10 yoshli farzandi ehtiyotsizlik oqibatida beton orasiga qisilib qolganligi haqida murojaat kelib tushgan.

Foto: FVB

Foto: FVB

Boshqarma matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, qutqaruv otryadi komandiri katta leytenant Nozimjon Nurmahamedov boshchiligidagi navbatchi guruh shaxsiy tarkibi tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

Foto: FVB

Foto: FVB

Ma’lum bo‘lishicha, bola shu ko‘chadagi qurilishi yakunlanmagan uyning devori orasiga kirgan kuchuk bolasini olmoqchi bo‘lib ikkita devor orasidagi tor oraliqqa kirganda yiqilib, poydevor uchun qurilgan beton orasida qolib ketgan.

Foto: FVB

Foto: FVB

Qutqaruv otryadi navbatchi smenasi tomonidan qo‘l va maxsus gidravlik, elektrik asbob-anjomlar yordamida qurilishi yakunlanmagan uyning devor qismi qisman buzilib chiqarmoqchi bo‘lganda bolaning tana qismi shishib, betonga qisilib qolganligi aniqlangan.

Shundan so‘ng poydevor uchun qurilgan beton qo‘l, moto, elektrik asbob-anjomlar yordamida kesib, bo‘laklarga ajratilgan va bola hech qanday tan jarohatlarsiz qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi