“Yuventus”ning argentinalik hujumchisi Paulo Dibala Turin klubini tark etishga tayyor, deya xabar beradi Sky Sports.

Foto: Getty Images

Ta’kidlanishicha, 25 yoshli Dibalaning ketishiga o‘tgan yili portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning jamoaga olib kelinishi bevosita sabab bo‘lgan. Klub 4-3-3 sxemasida o‘ynay boshladi. Natijada Paulo maydonga kamdan kam tusha boshladi. Ronaldu Dibala to‘p suradigan chap qanotda o‘ynashi avvaldan ma’lum edi. Agar Paulo maydonga tushadigan bo‘lsa ham u o‘ziga noqulay bo‘lgan o‘ng qanot hujum chizig‘ida o‘ynashi kerak edi. Mazkur sabab Dibalaning jamoadan ketishi uchun yetarli bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Dibala 2018/19-yilgi mavsum A Seriyada 30 uchrashuvda maydonga tushib (shulardan 24 tasida asosiy tarkibda), 5 ta gol urdi hamda 4 ta golga assistentlik qildi.

Ma’lumot uchun, Pauloga “Inter” va “Manchester Yunayted” asosiy da’vogarlardan bo‘lib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!