Adliya vazirining buyrug‘i bilan Rahmatov Anvar Islomovich vazirlikning Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
A.Rahmatov shu kunga qadar Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.