“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba “Yuventus”ga qaytishga rozi bo‘ldi, deya xabar berdi Corriere dello Sport.

Foto: Sportbox

Ammo futbolchi bilan shartnoma imzolashda klubda bir qancha muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Turinliklar transferlar vaqtida bir qancha futbolchilarini sotib yuborgan holatdagina Pogba bilan shartnoma imzolashi mumkin. Klub feyr-pley qoidalariga rioya qilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turin klubi jamoaning bir yo‘la to‘rt nafar futbolchisini sotib yuborishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!