Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida 7-iyun kuni soat 05.53 atrofida Amudaryo MFY hududida joylashgan dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Foto: IIV

Foto: IIV

Nukus shahrida yashovchi Yu.B.ga tegishli 1500 dona press somondan iborat g‘aramdagi yong‘in davomida dalaning 70 kvadrat metr maydonida 500 dona press somon to‘liq yonib ketgani aniqlandi.

Yong‘in o‘chirilgach Amudaryo mahallasida yashagan 57 yoshli G.T.ismli ayolning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Yong‘in kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda