Tadqiqotchilar Filippindagi Luson orolida kalamushlarning ikki yangi turini aniqladi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Foto: Shutterstock

Bu kalamushlar tog‘li hududda yashaydi. Ular mo‘ynasining kaltaligi va kalla tuzilishi bilan farq qiladi. Yangi kash etilgan kalamushlarning tashqi ko‘rinishi yerqazarlarnikiga o‘xshab ketadi.

Olimlarni bu kalamushlarning orqa oyoqlarda deyarli kenguru kabi sakrashi hayron qoldirgan. Tadqiqotchilar yangi turga “ajablanarli” deb nom qo‘ygan.