Kartoshka chipslari, mayonez, o‘simlik yog‘i va tarkibida ko‘p miqdorda linolek kislota va boshqa to‘yinmagan yog‘lar bo‘lgan boshqa mahsulotlar homiladorlar uchun xavfli deb topildi. “RBK”ning yozishicha, Journal of Physiology’da maqola chop etgan tibbiyot xodimlari shunday qarorga kelgan.
“Homilador ayollar o‘z parhezlariga jiddiy e’tibor berishlari kerak. Nutriyentlarning muayyan turini iste’mol qilish ularning sog‘lig‘i va rivojlanayotgan homilaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, — deydi Avstraliyaning Griffit universitetidan bo‘lgan Diann Skelli (Deanne Skelly).
Skelli va uning hamkasblari o‘simlik yog‘i tarkibidagi omega-6, to‘yinmagan yog‘ kislotalarining homilador sichqonlarga ta’sirini o‘rganib, homilador ayollarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi yana bir xavfni aniqladi.
Olimlarni aynan bu moddani o‘rganishiga uning organizmda ko‘p miqdorda bo‘lishi, sichqonlarda o‘tkazilgan tajribaga ko‘ra, yallig‘lanishga olib keluvchi turli molekulalar darajasining sezilarli oshirishi sabab bo‘lgan.
Yallig‘lanish esa, o‘z navbatida homilador ayol salomatligiga ta’sir etib, homilaning rivojlanishdan ortda qolishi va bola tushishi kabi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Shuni hisobga olgan holda, olimlar homilador ayollar, ayniqsa o‘g‘ir kutayotganlarga takibida ko‘p miqdorda omega-6 yog‘lari bo‘lgan mahsulotolarni iste’mol qilmaslikni tavsiya etmoqda.
Izoh (0)