Reper Detsl (Kirill Tolmaskiy) xip-xop rivojiga qo‘shgan hissasi uchun o‘limidan so‘ng “Muz-TV” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Detsl fevral oyining boshida 35 yoshida vafot etgan edi. Qo‘shiqchi Ijevskdagi kontsertdan so‘ng o‘zini yomon his qilgan. Konsert rejissori Pavel Belenesning aytishicha, u yuragi to‘xtab qolgani sabab vafot etgan.

“Muz-TV” mukofotini topshirish marosimida u “Xip-xop musiqasining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun” e’tirof etildi va maxsus mukofot oldi.

Mukofotni uning otasi, prodyuser Aleksandr Tolmatsiy qabul qildi.