PSJ hamda Braziliya terma jamoasi hujumchisi jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda, deb yozadi “Sports.ru”.

Foto: Twitter

Futbolchi mazkur ayblov yuzasidan ko‘rsatma berish uchun Rio-de-Janeyrodagi politsiya mahkamasiga keldi. U jarohat sabab nogironlar aravachasida mahkamaga tashrif buyurdi.

Eslatib o‘tamiz, Neymar Braziliya terma jamoasi safida Qatarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida jarohat oldi va Kopa Amerika musobaqasini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Avvalroq futbolchini Najil Trinidade Mendes de Souza jinsiy zo‘ravonlikda ayblagan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!