Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi huzuridagi Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazi Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish respublika markazi etib qayta tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Foto: “Kun.uz”

Foto: “Kun.uz”

Ta’limning barcha bosqichlarida psixologik xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar uchun muloqot maydoni sifatida faoliyat yuritish markaz faoliyatning asosiy yo‘nalishi etib belgilandi.

Qaror bilan O‘zbekistonda psixologik xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ham tasdiqlangan hamda tegishli tashkilot va idoralarga:

  • 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalarni davlat granti asosida maqsadli qabul qilish;
  • magistratura bosqichida psixologiya bo‘yicha mutaxassisliklar kvotalarini keskin oshirish choralarini ko‘rish
kabi vazifalar yuklatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi