Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqandda 2016-yilda 8 nafar, 2017-yilda 18 nafar, 2018-yilda 15 nafar hamda joriy yilda yoz boshlanmasdan 4 nafar fuqarolar turli sabablarga ko‘ra suvda cho‘kib vafot etgan. Bu haqda ZarNews xabar berdi.

Foto: ZarNews

Foto: ZarNews

2016—2018-yillar mobaynida viloyat hududida suvda cho‘kib halok bo‘lgan fuqarolarning 41,5 foizini 23 yoshdan 53 yoshgacha, 33 foizini 13 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar hamda 25,5 foizini 12 va undan kichik yoshda bo‘lgan bolalar tashkil etmoqda.

Yoshlar o‘rtasida yuzaga kelayotgan suvdagi halokatlarning aksariyati ularning nazoratsiz qoldirilishi va o‘zboshimchaliklar oqibatida, katta yoshdagi fuqarolarning suvga cho‘kishlariga esa ularning spirtli ichimliklar iste’mol qilib, mast holda cho‘milish uchun suvga tushishlari sabab bo‘lmoqda.

Suvga cho‘kish holatlarining deyarli 99 foizi belgilanmagan va cho‘milish ruxsat etilmagan joylarda qayd etilgan. Bunday joylarga Zarafshon, Oqdaryo va Qoradaryo daryolari, Kattaqo‘rg‘on, Oqdaryo, To‘sinsoy, Qorasuv va Qoratepa suv omborlari, Darg‘om, Bulung‘ur, Shaxob, Xatirchi-Miyonkol, Tuyatortar, Mirzaariq, Kattaqo‘rg‘on suv omboriga kirish va chiqish, Narpay va Siyob kanallari, shuningdek, Yangiariq kabi yirik ariqlar kiradi.

Mazkur suv obyektlari qishloq xo‘jaligida melioratsiya tadbirlari uchun suv yetkazib berish maqsadida barpo etilgan. Bu joylar cho‘milishga mo‘ljallanmagan. Chunki suv oqimi juda tez, ba’zi joylarda keskin, chuqurlik tik va botiq, suv osti notekis va noma’lum, ko‘rish darajasi juda past, qirg‘oqlari beqaror, eng asosiysi yordam berishga shay turadigan qutqaruvchilar yoki qutqaruv asbob-anjomlari bilan jihozlanmagan.

Shu o‘rinda nashr fuqarolarga quyidagi maslahatlarni berdi:

* hech qachon belgilanmagan joylarda (daryo, soy, ko‘l, suv ombori, kanal va ariq) cho‘milmang;

* “Cho‘milish taqiqlanadi” maxsus belgilariga qat’iy amal qiling;

* yozgi ta’til davrida o‘smirlarni belgilanmagan joylarga cho‘milishga borishlariga yo‘l qo‘ymang;

* yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmang;

* spirtli ichimliklar iste’mol qilib, cho‘milishga bormang;

* faqatgina cho‘milish ruxsat etilgan maxsus suv havzalardagina cho‘miling.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)