“Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar Yevropa Ligasining final uchrashuvida “Arsenal” darvozasiga 2 ta gol urdi (4:1).
UEFAning rasmiy saytida xabar berilishicha, belgiyalik mazkur musobaqaning so‘nggi 5 ta final bahsida dublga erishgan tarixdagi to‘rtinchi futbolchi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, bunga qadar 2018-yilda Antuan Grizmann (“Atletiko”), 2016-yilda Koke Moreno hamda 2015-yilda Karlos Bakka (ikkalasi ham — “Sevilya”) final bahsida dubl qayd etgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)