Birinchi Apple I kompyuteri auksionda 371 funt sterling (471 ming dollar)ga sotildi. “Korrespondent.net”ning yozishicha, uni Stiv Jobsning sherigi Stiv Voznyak shaxsan o‘zi yig‘gan.

Foto: Christie’s

Apple I seriyasi tarkibiga atigi 200 ta kompyuter kirgan. Odatda u klaviatura va yog‘och korpusdan iborat edi. Biroq xohishga ko‘ra, kompyuterni ko‘chma keysga olish mumkin bo‘lgan.

Auksionda sotilgan lot tarkibiga, shuningdek, monitor, matritsali printer va kompyuterning firma hujjatlari ham kirgan.

Apple I kompyuterlari 1976-yilda bozorga chiqqanda 666 dollarga sotilgan. Biroq, bugungi kunda, oradan 40 yil o‘tib qurilmani 705 baravar qimmatga sota olishdi.