“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski “Leypsig”ga qarshi o‘yinda dublga erishdi (3:0).
30 yoshli polshalik o‘zining musobaqa finalidagi o‘zining 5 va 6-gollarini urishga muvaffaq bo‘ldi va rekord o‘rnatdi.
Undan keyingi o‘rinlarda Myunxen klubi sobiq hujumchisi Gerd Myuller hamda “Hamburg” sobiq o‘yinchisi Uve Zeyeler bormoqda. Ularning hisobida Germaniya Kubogi finallarida 4 tadan gol mavjud.
Bundan tashqari bu Levandovskining “Bavariya” safida barcha musobaqalardagi 190 va 191-gollari bo‘ldi. U Germaniya kuboklarida umumiy hisobda 23 ta gol urdi.
Eslatib o‘tamiz, polshalik futbolchi joriy mavsum Bundesligada 33 ta o‘yinda 22 ta gol urdi va 4 marta Germaniya chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)