Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimiga nomzodlarning soni sakkiz kishiga yetdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, hozirgi Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning o‘z lavozimidan ketishi bilanoq, uning o‘rniga Britaniyaning Atrof-muhit ishlari bo‘yicha vaziri Maykl Gouv ham o‘z nomzodini qo‘ymoqchi.
Maykl Gouv: “Men bosh vazir lavozimiga o‘z nomzodimni ilgari surishni tasdiqlayman”, — deya, o‘z qobiliyatlariga ishonishini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)