Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AQSh Qurolli Kuchlari 23-may kuni Tayvan bo‘g‘oziga ikki kemani yubordi. Bu haqda AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining Yettinchi floti vakili Kleya Dossa bayonotiga tayanib, Reuters xabar berdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

“Kemalarning Tayvan bo‘g‘ozidan o‘tishi AQShning erkin va ochiq Hind va Tinch okeani mintaqasiga xayrixoh ekanligini namoyon etadi”, — deyiladi bayonotda. Bo‘g‘oz orqali Preble eskadra mina tashuvchi kemasi va Walter S. Diehl tankeri o‘tgan.

AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining kemasi 2019-yilning boshidan beri bu kabi operatsiyalarni bir necha marta amalga oshirgan. Xususan, 29-aprel kuni William P. Lawrence va Stethem eskadra mina tashuvchi kemalari Tayvan bo‘g‘ozi akvatoriyalarini kechib o‘tgan.

“TASS”ning qayd etishicha, bu safargi eskadra mina tashuvchi kemalarining kechib o‘tishi AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashuviga sabab bo‘lishi mumkin. Boshqa jihatdan, ushbu tranzit Tayvan tomonidan Taybey va Pekin o‘rtasidagi ziddiyatlar sharoitida Tramp administratsiyasining yordam belgisi sifatida qaralishi ham mumkin.

Xitoy hukumati Tayvanni o‘z hududining ajralmas qismi deb hisoblaydi va mintaqada har qanday amerikalik harbiylarning bo‘lishiga hushyorlik bilan qaraydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi