Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qrim tatarlari uyushmasi “Qrim birligi” AQShda faoliyat yurituvchi Ukraina diplomatlaridan kechirim so‘rashni talab qilmoqda, deb xabar beradi Sputnik.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Ukrainaning AQShdagi elchixonasi Qrim tatarlari deportatsiyasiga bag‘ishlangan maqola va bir necha tarixiy fotosuratlar chop etgan. Keyinchalik, ushbu suratlarda qrim tatarlari deportatsiya qilinishi emas, Polshada yahudiylarni gettoga olib ketishi aks etganligi ma’lum bo‘lgan. Suratlar AQShdagi Xolokost muzeyiga tegishli bo‘lgan.

“Diqqat bilan qaralganda, vagonlardan birida France degan yozuvni, suratdagi erkaklarning birining kiyimida 6 burchakli yulduz ramzini ko‘rish mumkin”, — deyilgan xabarda.

1941–1945-yillarda Qrim yarim orolidan 277 mingdan ortiq qrim tatarlari, armanlar, greklar, nemis va italyanlar oilalari deportatsiya qilingan edi. 18-may — Qrim tatarlari deportatsiyasi xotira kuni.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...