Vladimir viloyatining Kolchugino shahrida joylashgan uylardan biri qurshovga olindi. Ushbu uyda teraktni amalga oshirishni rejalashtirgan jinoyatchilar borligi aytilmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
NAK axborot agentlining ma’lum qilishicha, hududda terrorchilikka qarshi operatsiya (TQO) rejimi joriy etilgan.
“Vladimir viloyatida kontrterroristik operatsiya o‘tkazilmoqda… Kolchugino shahrida TQO rejimi joriy etildi… huquq-tartibot kuchlari tomonidan terakt amalga oshirishni rejalashtirgan jinoyatchilar joylashgan uy qurshovga olindi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)