Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Filippinda kuchuk vafot etgan egasini uning ishxonasi yaqinida kutdi, keyin esa uning qabri oldidа “ko‘z yosh to‘kdi”. Ushbu holat The Mirror nashri e’tiboriga tushdi.

Foto: The Mirror

Foto: The Mirror

Buboy laqabli kuchuk ikki yil avval o‘qituvchi bo‘lib ishlagan Karmelito Marselo bilan tanishgan edi.

58 yoshli erkak Pampang provinsiyasidagi kollejlardan birida dars berardi.

Kuchuk har kuni ertalab ta’lim muassasasi oldiga kelar, erkak unga ovqat berardi. Tushlik vaqti esa Buboy sinf xonasigaa kirar va o‘quvchilar tomonidan mehmon qilinardi. Kechki payt u kollej binosini qo‘riqlardi.

May oyi boshida Marselo kollejga kelmay qo‘ydi. U insultga chalingan edi. 18-may kuni esa erkak vafot etdi. Buboy bu vaqt ichida har kuni Marseloning xonasiga kelar, panjasi bilan eshikni taqillatib uni kutar edi.

Kuchukning vafodorligidan ta’sirlangan o‘quvchilar uni Marselo bilan vidolashishga olib bordi. Buboy Marseloning jasadini tobutda ko‘rib, ma’yus tortdi, so‘ng uning yoniga yotib oldi.

Marseloning o‘limidan so‘ng kollej o‘qituvchilari va  o‘quvchilari kuchukni boqib kelmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov