“Tottenhem” yarim himoyachisi Kristian Eriksen Yevropa Chempionlar Ligasi finalidan so‘ng Madridning “Real” klubi o‘yinchisi sifatida tanishtiriladi, deb xabar berdi El Chiringuito.
Avvalroq 27 yoshli daniyalik “Real” bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Eriksenning “shporlar” bilan tuzgan shartnomasi 2020-yilning yozida tugaydi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa Chempionlar Ligasi finali 1-iyun kuni Madrid shahridagi “Vanda Metropolitano” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Angliyaning ikki klubi — “Tottenhem” hamda “Liverpul” o‘zaro kurash olib boradi.
Ma’lumot uchun, Eriksen “Tottenhem” safiga 2013-yilning yozida “Ayaks”dan 13,5 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi.
Qayd etish joiz, daniyalik futbolchi 2018/19-yilgi mavsumda Premyer ligada 35 ta uchrashuvda 8 ta golga mualliflik qildi va 12 ta golli pas berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)