Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘zbekistonlik Jamshid Jambulovning qanday qilib Garvard tibbiyot maktabini muvaffaqiyatli tamomlab, AQShda tibbiy xodim sifatida faoliyat yuritayotgani haqida hikoya qilib berdi. Quyida Jamshid Jambulovning muvaffaqiyati tarixi e’tiboringizga havola etiladi.

Foto: Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Foto: Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi

O‘zbekistonning janubiy mintaqasida tug‘ilib o‘sgan Jamshid Jambulovning AQShning nufuzli Garvard tibbiyot muassasasining tadqiqot grantini qo‘lga kiritishi uning FLEX dasturi asosida ilm olgani samarasidir. 16 yoshli Jamshid o‘z inshosini yozarkan, ingliz tili ustozlaridan yordam so‘radi. Chunki, uning nazarida ingliz tili bo‘yicha bilimlari yetarli emasdek edi. Biroq o‘qituvchilarning tavsiyalari uning qalbidagini to‘liq ifoda etmayotgandek tuyuldi. Shuning uchun u inshosini o‘z bilganicha, muhimi yurakdan, oddiygina yozdi.

Foto: Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Foto: Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Mazkur dasturga qabul qilingani haqidagi xabar 23-aprel – uning tug‘ilgan kuni keldi. U bu xabarni uzoq kutdi, kutaverib axiyri ko‘chaga, boshqa ishlari bilan chiqib ketdi. Kechga tomon esa uning FLEX dasturi grantini qo‘lga kiritgani haqidagi habar keldi. Mehmonlar tug‘ilgan kunda qo‘shaloq bayram qilib, bu xushxabarni ham nishonladi. Vaqt yarim tundan o‘tib, mehmonlar tarqalar ekan, Jamshidni yana bir bor tabrikladi. Ular Jamshid aslida hammasini oldindan bilgan, lekin bizga syurpriz – kutilmagan sovg‘a tayyorlagan deb o‘yladi.

FLEX almashinuv dasturi chog‘ida Jamshid haqiqiy volontyor edi. Amerika maktabida o‘qigan paytida qilgan xayriya va volontyorlik xizmatlari uchun u hatto Prezident Obamaning volontyorlarga beriladigan maxsus mukofoti bilan taqdirlangan. O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng Qarshi shahrida ingliz tilidan 3 yil dars berdi va do‘stlari bilan birgalikda ingliz tilini o‘rgatadigan kichikroq markaz ham tashkil qildi. Biroq bundan Jamshid qoniqmas edi. U hanuz Amerikaga qaytib borib, bilimini yanada oshirish haqida o‘ylar edi. U bir vaqtlar Shimoliy Karolinada o‘zi yashagan oila a’zolari bilan xat yozishib turardi. Aynan ular Jamshidga kollejga hujjat topshirishni maslahat berdi.

Foto: Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Foto: Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Avvaliga Jamshid diplomat bo‘lish haqida o‘ylab ko‘rdi. Biroq, keyinchalik siyosat u uchun unchalik qiziq emasligini tushundi. Shimoliy karolinalik mezbon - san’atkor dadasi Jamshidga tibbiyotni tavsiya qildi. Ammo Jamshid tibbiyotga umuman qiziqmas edi. Chunki maktabda ham u aniq va tabiiy fanlarni unchalik xushlamas edi. Ochig‘i, shifokor bo‘lishdan cho‘chir edi. Lekin, mazkur kasb egasi bo‘lish yo‘lidagi qiyinchiliklar unga qiziqarli tuyuldi. Kollejga hujjat topshirib, AQSh dasturiga qabul qilingandan so‘ng, Jamshid anatomiya va fiziologiya fanlarini o‘rganishga zo‘r berdi. Qo‘shimcha tarzda mezbon oilaning uyi yaqinidagi kasalxonada volontyorlik qila boshladi. U bemorlarga yordam berar, kasalxonaga kelgan har bir insonga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatar yedi. Shu tariqa u barchaning mexrini qozondi.

Volontyorning jarrohlik xonasiga kirishi mumkin emas edi. Biroq Jamshidning o‘ta qiziquvchanligi va yaxshi ma’nodagi qaysarligi ish berib qoldi. Kasalxona ma’muriyati unga jarroxlik amalyotlarini kuzatishga ruxsat berdi. U mutlaqo sterillangan kiyimlarni kiyib, hech kimga xalaqit bermay, 2 metr uzoqlikdan operatsiya jarayonini kuzatishi mumkin edi. Umrida jarroxlik xonasiga kirmagan bola uchun bu o‘zga bir dunyo edi.

Bir kuni anasteziologlardan biri “Anavi burchakdagi bola kim?” deb so‘radi. Hamshira “u talaba, ishimizni o‘rganmoqchi” deb javob berdi. Uzoq jimlikdan so‘ng jarroh, “beriroq kel” dedi. Bu esa 2 metrlik masofa qoidasi endi bekor bo‘lganini bildirar edi. Jamshid operatsiya jarayonini yaqindan ko‘rayotganidan juda xursand edi. U shifokorlardan nimalarnidir so‘rar, ularning ishini qiziqish bilan kuzatar edi. Birozdan so‘ng kardiojarrox kelib, bemorning ko‘krak qafasini yorib, yuragini qo‘liga oldi va Jamshidga o‘ng tarafiga o‘tib turishni aytdi. Jamshid shifokorning urib turgan yurakni qo‘lida tutib, amaliyot bajarayotganini ko‘rib lol qoldi. Shu tariqa u kardiojarroh bo‘lishga qaror qildi.

Ertasi kuni Jamshid mezbon oilasining uyiga aposum kirib qolgani va u suvga yiqilib tushib hushdan ketganini ko‘rib qoldi. Bu hodisani u kulib eslaydi. “Xo‘sh, nima qilding, deysizmi? Men birinchi mustaqil jarrohlik amaliyotimni o‘tkazdim”, deydi u.Ikki yillik urinishdan so‘ng Jamshid “Intervension kardiologiya va angiografiya” tizimlari bo‘yicha o‘qishga qabul qilindi. U belgilangan klinik soatlardan keyin ham qolib shug‘ullanardi. Odatda bemorlarning yurak og‘rig‘i kechalari xuruj qiladi. Shuning uchun kechalari Jamshid ana shunday bemorlarga tez tibbiy yordam berar va ularni kuzatar edi. Shifokorlar va hamshiralar Jamshidga qo‘ldan kelgancha yordam berar, bilganlarini o‘rgatar edi. Natijada u mustaqil va o‘ziga ishongan talaba sifatida o‘quv dasturni muvaffaqqiyatli tamomladi.

Foto: Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Foto: Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Afuski, Jamshid endigina ishga qabul qilinganidan so‘ng 5 kun o‘tgach, otasi kasal ekani haqida habar keldi. Aslida u anchadan buyon kasal yotgan, biroq Jamshidning uyidagilari uni xavotirga solib, o‘qishidan chalg‘itishni istamagan ekan. Bu xabarni eshitgach, u zudlik bilan uyga ketmoqchi bo‘ldi. Biroq o‘sha paytda puli yo‘q edi.

Yetarli pulni topganida esa telefonda otasi olamdan o‘tganini aytishdi. O‘shanda u hammasiga qo‘l siltab, uyga qaytgisi, oilasi bag‘rida bo‘lgisi keldi. Lekin, katta shifokor bo‘laman va albatta yurtimga hizmat qilaman, deb otasiga bergan va’dasi tufayli bu niyatidan qaytdi. Chunki va’dasini bajarishi shart edi.

Jamshid o‘zini butunlay yangi ishga bag‘ishladi. U iloji boricha ko‘proq ishlab, otasining o‘limi bilan bog‘liq o‘ylardan biroz bo‘lsa-da chalg‘ishni xohlardi. U ishlaydigan bo‘lim yiliga 6500 ta bemorni qabul qilar edi. “Men ahvoli juda yomon odamlarni ko‘p ko‘rdim, ularning tuzalib, o‘z oilasiga salomat qaytishlari uchun harakat qilishim kerak edi. Otam bu ishlarimdan faxrlangan bo‘lardi, deya o‘ylardim”, deydi Jamshid.

Foto: Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Foto: Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Jamshid tibbiyot institutiga o‘qishga kirishi uchun avval bakalavr darajasini olishi kerak edi. Ustozlari unga agar biror-bir tadqiqot olib borsa boshqalardan ko‘ra imkoniyatlari ko‘proq bo‘lishini aytishdi. U internetni qarab chiqib, 40 ta dasturga hujjatlarini yubordi.

O‘sha yili qishki ta’til paytida uning mezbon otasi ham betob bo‘lib qoladi. Rojdestvo bayrami arafasida uni kasalxonaga olib borishdi. Unga o‘sma kasalligining oxirgi darajasi tashxisini qo‘yishadi. Shundan 2 hafta o‘tgach uning “amerikalik otasi” ham olamdan o‘tdi. Jamshid juda tushkunlikka tushib qolgan edi.

Oradan biroz o‘tib 40 ta dasturga jo‘natgan hujjatlariga javob xatlari kela boshladi. Haftasiga 3—5 ta xat kelar edi. Ba’zan xatolik sababli bitta rad javobini ikki marta ham olar edim deydi, u. Ba’zan suhbatlarga ham chaqirishdi, biroq omadi kelmadi. Shu tariqa tez orada 40 dasturdan 37 tasi yo‘q deb javob berdi. Keyin 38,39-raqamli rad javoblari keldi.

Foto: Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Foto: Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Birinchi fevral kuni u oxirgi dasturdan xat oldi. U elektron pochtasini ochib, “Qadrli Jamshid Jambulov” deb boshlangan xatni o‘qiy boshlaganini kulib eslaydi. Chunki 39 ta dasturdan kelgan avvalgi xatlar ham shunday boshlangan edi. Xatni oxirigacha o‘qiyolmay kompyuter olidan turib ketdi. Biroz yurib o‘zini bosib olgach, xatni o‘qishda davom etdi. Uning davomida esa “Garvard tibbiyot maktabiga xush kelibsiz!” deb yozilgan edi.Jamshid juda omadli ekanini ta’kidlaydi. Uning bobo va buvilari fermer bo‘lgan. Otasi esa oilada birinchi bo‘lib oliy ma’lumotli bo‘lgan. Jamshid hayotida duch kelgan qiyinchiliklarga kulib qaragan, harakat, mehnat qilishdan hech qachon to‘xtamagan.

Hozirda Jamshid Garvardda tadqiqotlar olib boryapti. U otasiga bergan va’dasining ustidan chiqdi va buning uchun doimo o‘z qalbiga quloq soldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi