Majburiy ijro byurosi Yashnobod tuman bo‘limi ijro ish yurituvidagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 15.04.2019-yildagi qarzdor UTG Kerui mas’uliyati cheklangan jamiyatdan undiruvchi Electro energy mas’uliyati cheklangan jamiyat foydasiga jami 279 216 665 so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lib, qarzdorga ijro hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda bajarish uchun 10 kunlik muddat berilgan, bu haqda Majburiy ijro byurosi “Daryo”ga xabar qildi.

Foto: Reuters

Qarzdor tomonidan ijro hujjatini ijrosi belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli, olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor UTG Kerui mas’uliyati cheklangan jamiyatdan undiruvchi Electro energy MChJ foydasiga 279 216 665 so‘m qarzdorlik undirilgan.