18-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Kubogi finalida “Manchester Siti” “Uotford”ni yirik hisobda mag‘lub etdi (6:0).
Pep Gvardiola jamoasining Angliya Superkubogi uchrashuvidagi raqibi “Liverpul” bo‘ladi. Bu haqda mersisaydliklarning rasmiy saytida xabar berildi.
Mavsum yakuniga ko‘ra, Angliya Premyer ligasi jadvalida 2-o‘rinni egallagan Superkubokda o‘ynash huquqiga ega.
Ma’lumot uchun, “qizillar” 2006-yildan buyon ilk marta mazkur sovrin uchun kurashadi. So‘nggi bor jamoa Kardiffda kechgan o‘yinda “Chelsi”ni mag‘lubiyatga uchratgandi (2:1).
2019-yilgi Superkubok uchrashuvining o‘tkazilish sanasi keyinroq e’lon qilinadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)