“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Ramazon oyida ko‘plab xayriya-saxovat ishlari amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 16-may kuni fond tomonidan tayyorlangan qariyb 251 million so‘mlik Ramazon sovg‘alari mamlakatning 14 ta hududiga yuborildi.
Ushbu “Saxovat karvoni”da 1,5 ming muhtoj oila uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlari va 3000 dona Qur’oni karim joy olgan.
Mahsulotlar hajmi jami 21 tonna (7,5 tonna guruch, 4,5 tonna shakar, 4,5 tonna un, 4,5 tonna yog‘) bo‘lib, ular haqdorlarga yetkaziladi.
Izoh (0)