2019-yil 11-may kuni soat 05:30 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining xavfsizlik xizmati galereyasida giyohvand moddalarni olib ketishga uringan yo‘lovchi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar beradi.

“Toshkent—Moskva” yo‘nalishida uchib ketayotgan yo‘lovchi, 37 yoshli I.K. ismli ayolning ichki kiyimiga yashirilgan, 6 dona polietilen paketchalarga o‘ralgan 37,4 g gashish giyohvandlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.