Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 2019-yil 14-may kuni vaqtincha Samarqand shahar Gasparali ko‘chasida yashovchi 32 yoshli O‘.T. boshqaruvidagi Labo rusumli avtomashinasini Nayman MFY hududidan o‘tuvchi Samarqand—Kattaqo‘rg‘on yo‘lining 6-km.da haydab ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Chortut mahallasida yashagan 50 yoshli M.I.ni urib yuborgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi  xabar beradi.

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Natijada M.I. jarohat olib, kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.