Beautiful People tanishuvlar saytining foydalanuvchilari dunyodagi eng “xunuk” aholiga ega mamlakatlar ro‘yxatini tuzib chiqdi, deb xabar beradi “Izvestiya”.

Foto: “Realnoe vremya”

Mazkur platforma “faqat chiroyli insonlar uchun” deb nomlanadi. Yangi nomzod ro‘yxatdan o‘tgan eski foydalanuvchilar ruxsati bilangina resursdan foydalana oladi. Xohlovchilar ariza topshiri lozim va u 48 soat davomida ko‘rib chiqiladi. Agarda foydalanuvchilar nomzodni “chiroyli” deb topmasa, so‘rov bekor qilinadi.

Beautiful People 2002-yilda yaratilgan va hozirga qadar butun dunyo bo‘ylab 8,5 million odamga ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat bermagan. Ayni vaqtda saytdan bir milliondan ortiq odam foydalanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ro‘yxatdan ko‘proq Buyuk Britaniya aholisi o‘ta olmagan. Britanlar jahon arenasida tishlarining xunukligi bilan mashhur. Saytning ijrochi direktori Greg Xojning hisoblashicha, britaniyaliklarning asosiy muammosi — o‘zlarining tashqi ko‘rinishiga e’tibor qaratmasligi va erinchoqligi.

Shuningdek, sayt tomonidan Rossiya, Polsha, Hindiston va Filippin erkaklari ham “xunuk”lar qatoriga qo‘shilgan.