26 yoshli Marat Kudaybergenov Qirg‘izistonning Baliqchi shahri hokimi lavozimiga saylandi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yangi hokimni saylash deputatlarning shahar keneshi sessiyasida bo‘lib o‘tgan. Marat Kudaybergenovdan tashqari hokimlik lavozimi uchun “Qirg‘iziston” fraksiyasidan Mirbek Shakirov ham kurash olib borgan.
Mahalliy OAVga ko‘ra, yangi saylangan hokim To‘qmoq shahar keneshi deputatining o‘g‘li va yana bir mahalliy deputatning ukasidir.
Marat Kudaybergenov 1993-yili Baliqchi shahrida tavallud topgan. Qirg‘iziston Milliy universitetini tamomlagan. Jokorgu Kenesh deputatining yordamchisi bo‘lib ishlagan.
Izoh (0)