Eron yadroviy bitim bo‘yicha bir qator majburiyatlarni bajarishni rasman to‘xtatdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Qayd etilishicha, gap Tehronning Eron yadroviy dasturi bo‘yicha birgalikdagi keng qamrovli harakat rejasi (SVPD) bo‘yicha majburiyatlari haqida ketmoqda.
Ta’kidlanganidek, bu qadam AQShning yadroviy bitimdan chiqishiga javob bo‘ldi.
Avvalroq, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov eronlik hamkasbi Muhammad Javad Zarif bilan uchrashuvda Eronning yadroviy bitim majburiyatlarini qisqartirish haqidagi qarorini tushuntirishni so‘radi.
Izoh (0)