Besh yoshli qizini isqirt uyda qoldirib ketgan Irina Garashenkoni o‘zgartirib bo‘lmaydi degan qaror kelindi. Hozirda ayol “Butirka” qamoqxonasidagi psixiatriya bo‘limida saqlanmoqda, deb xabar beradi “Vesti.ru”.

Foto: “Vesti.ru”

Ommaviy kuzatuv komissiya a’zolari Grashenkoni tergov izolyatorida borib ko‘rgan. Ularga Serbiya ilmiy-tadqiqot institutining ekspertlari ayolni aqldan ozdirganligini tasdiqlashgan.

Huquq himoyachilari Garashenkoga qo‘yilgan tashxis umrbod emasligini, keyinchalik muolajalardan so‘ng onalik huquqini qayta tiklashi mumkinligini ta’kidlashdi.

Moskva Ommaviy kuzatuv komissiya mas’ul kotibi Ivan Melnikovning so‘zlariga ko‘ra, ayol o‘zini tajovuzkorona tutmayapti va qizi Lyubaning taqidirga qiziqish bildirmoqda.

2019-yilning mart oyida Moskvadagi kvartiralardan birida besh yoshli qizaloq topilgan edi. Qutqaruvchilarni bolaning yig‘isidan xavotir olgan qo‘shnilar chaqirgan. Qizning onasi bir necha kun uyida bo‘lmagan. Xonalar chiriyotgan chiqindilarga to‘lib ketgan bo‘lgan.