Eyfel minorasi qurilganiga 130 yil to‘lishi munosabati bilan Parij markazida elektron musiqa sadolari ostida tantanali konsert bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: Sortir à Paris

Qorong‘u tushishi bilan minora lazer projektorlar yordamida yoritilib, monument tarixi haqida ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari Parij meri Ann Idalgoning topshirig‘iga ko‘ra, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan 1300 nafar maktab o‘quvchiga Eyfel bo‘ylab bepul ekskursiya uyushtirildi. Kechki soat 21:30 dan boshlab taniqli fransuz qo‘shiqchi va bastakori Jann Added o‘z chiqishlarini namoyish etdi.