2019-yil 13-may kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tuman prokuraturasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017-yil mart oyida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi 49 yoshli F.K. va Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida yashovchi 61 yoshli B.M.lar “Chorsu” dehqon bozori oldida Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yashovchi 62 yoshli B.T. va bir nechta shaxslarga O‘zR Mehnat Vazirligi huzuridagi agentlikda ishlovchi tanishlari orqali Koreyaga ishga yuborishini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, undan 53 000 AQSh dollarini olib, shu kunga qadar bergan va’dalarini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
F.K. va B.M.lar ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)