Yaxshi ko‘rgani bilan besh oyga yaqin uchrashib yurgan qiz yigit o‘zining yaqin qarindoshi ekanligini bilib qoldi. Bu haqda u Reddit ijtimoiy tarmog‘iga yozib qoldirgan.

Gelicca niki ostidagi foydalanuvchi Hinge dasturi yordamida bir yigit bilan tanishgan va ular juda tez muddatda sevishib qoladi. Oradan besh oy o‘tgach juftlik bir-birining ota-onasi bilan tanishishga qaror qiladi.

Sevishganlar ota-onasini restoranga taklif qilgan. Qizning otasi yigitning onasini kutib olishga chiqqanida haqiqat oshkor bo‘lgan. “U o‘zining qarindoshini ko‘rib ranglari oqarib ketdi. Bir necha soniyadan so‘ng ayol ham dadamni tanib qoldi”, — deb yozadi Gelicca.

Foydalanuvchining tushuntirishicha, ularning oilasi bir-biridan ancha olisda yashagan va uzoq muddat ko‘rishmagan. Voqea natijasida qiz yigit bilan ajrashishga majbur bo‘lgan.