AQSh prezidenti Donald Trampning kortejidagi uchta mototsikl yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Bloomberg agentligining muxbiri Jennifer Jeykobs o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Twitter / Jennifer Jacobs

Avariya Tramp o‘z tashrifini amalga oshirgan Luiziana shtatida sodir bo‘lgan.

“Donald Trampning mashinasiga hech narsa qilgani yo‘q, biroq kortejdagi bir nechta ofitser avariyaga uchradi”, — deb yozadi Jeykobs.

Muxbirning so‘zlariga ko‘ra, u kamida uch nafar jarohat olgan politsiyachini ko‘rgan. “Ulardan biri yo‘l bo‘yida o‘tirar, ikkinchisi shosse yaqinida yotardi. Qo‘li qonagan uchinchi politsiyachi esa yo‘l chetida turgandi”, — deya aniqlik kiritadi Jeykobs.

Foto: Twitter / Jennifer Jacobs