Internetda Rossiya Havo-kosmik kuchlariga tegishli Su-34 bombardimonchi samolyotidan Rossiyaning eng kuchli bombasi tashlanishi videosi tarqaldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Gap lazerli boshqariluvchi 1,5 tonna og‘irlikdagi yirik KAB-1500PR aviabombasi haqida ketmoqda.

Videoda bombardimonchi samolyotdan snaryad ajralib, yerga qarab tushayotgani tasvirlangan, lekin kadrda portlash jarayoni aks etmagan.

Ma’lumot uchun, Rossiya aviatsiyasi 2015-yili Suriyada KAB-1500 bombasini qo‘llagan edi.