Hukumat qarori bilan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlarni berish tartib to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi (2019-yil 13-may, 393-son). Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Nizomga muvofiq, attestat va sertifikatlarni bitiruvchilarga topshirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
— har yili 10-iyunga qadar
bitiruvchilarning baholari, o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq hujjatlar (sinf jurnali, baholar tabeli) o‘rganilib, attestat va sertifikat bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar ro‘yxati shakllantiriladi hamda pedagogik kengashga taqdim etiladi;
— pedagogik kengash har yili 15-iyunga qadar bitiruvchilarni attestat va sertifikat bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
— bitiruvchilarga attestat va sertifikat har yili 20-iyunga qadar tantanali ravishda topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat)ni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat beriladi.
Izoh (0)