Hindiston Mudofaa tadqiqoti va rivojlantirish tashkiloti (DRDO) Abhyas nomli yuqori tezlikda harakatlanuvchi samolyot-nishonni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi, deb xabar berdi “TASS”.
NDTV telekanalining ma’lum qilishicha, sinov 13-may kuni Odisha shtatining sharqidagi Chandipur poligonida amalga oshirilgan.
Mazkur samolyot-nishon havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari maksimal darajada reallikka yaqinlashtirilgan holatda mashg‘ulot o‘tkazishi uchun yaratildi. Avtonom rejimda harakatlanish imkoniyatiga ega apparat gaz turbinali dvigatel va maxsus navigatsion tizim bilan jihozlangan.