Amerikaliklar orasida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga “Taxtlar o‘yini” serialidagi qahramonlar ismini qo‘yish ommalashdi, deb xabar berdi “TASS”.

Foto: Wallpapermaiden

Ulardan eng mashhurlari Arya va Kxalisi ismlari bo‘ldi. 2018-yilda 2 545 nafar qizaloqqa Arya Stark sharafiga ism qo‘yilgan — bu ism mashhurligi jihatidan 119-o‘rindan joy olgan.

Birinchi marta Arya ismi mashhur ismlar ro‘yxatida 2010-yilda paydo bo‘lgan edi. O‘sha paytda 273 nafar qizga, 2014-yilda esa 1 553 nafar qizga shunday ism qo‘yilgan.

Kxalisi ismi to‘qima dotraki tilida “qirolicha” degan ma’noni bildiradi. Bunday nom bilan filmning bosh qahramonlaridan biri Deyeneris Targariyen chaqirilar edi.

Kxalisi ismi mashhur ismlar ro‘yxatida 549-o‘rinda. Bunday ism 2018-yilda 560 nafar qizga, 2017-yilda esa 446 nafar qizga berilgan. U eng mashhur ismlar ro‘yxatiga ilk bor 2014-yilda kiritilgan.

Shu bilan birga, Deyeneris ismi chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar mingtaligidan o‘rin olmagan.

“Taxtlar o‘yini” seriali Jorj Martinning “Muz va olov qo‘shig‘i” romani asosida suratga olingan. Uning birinchi fasli premyerasi 2011-yilning aprelida bo‘lib o‘tgan, oxirgi — sakkizinchi fasli esa 2019-yilning aprelida chiqdi. Serial Amerika televideniyesi tarixidagi eng qimmat loyihalardan biri bo‘ldi.