“Andijon” klubi bosh murabbiyi Ildar Sakayev Superliganing 8-tur o‘yinlaridan so‘ng iste’foga chiqqani aytildi, “Championat.asia” xabarida.

Foto: “Championat.asia”

Nashr xabarida Sakayev klub tizimida qolishi va sport direktori lavozimini egallashi haqida aytildi. Bosh murabbiy lavozimiga esa Jamshid Saidov tayinlanishi ma’lum qilindi.

Ammo oradan biroz o‘tib, klub matbuot xizmati bu xabarni rad etib chiqdi. “Klubda hech qanday o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Sakayev boshchiligida jamoa futbolchilari “Paxtakor” bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda”,— deyiladi “Andijon” klubi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” 9-turda “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushadi. Ma’lumot uchun, “burgutlar” 8-turga qadar bitta g‘alaba, 3 ta durang va 4 ta mag‘lubiyat qayd etdi. 7 ochko to‘plagan jamoa 14 ta klub orasida 12-pog‘onada bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!