12-may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 37-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.
Muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritgan Kataloniyaning “Barselona” klubi o‘z maydonida “Xetafe”ni sinovdan o‘tkazadi. Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar avvalgi turda “Selta” bilan kechgan o‘yinda o‘z darvozasidan javobsiz 2 ta to‘p olib chiqqandi (0:2).
Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” klubi “Sevilya”ga qarshi maydonga tushadi. Ma’lumot uchun, “matraschilar” 36-turda “Espanyol”ga yirik hisobda taslim bo‘lgandi (0:3).
Shu kuni musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan Zinedin Zidan boshliq “Real Madrid” jamoasi safarda “Real Sosyedad” mehmoni bo‘ladi. Ta’kidlash joiz, “Qirollik klubi” avvalgi turda “Vilyarreal”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Barcha uchrashuvlar 21:30 da boshlanadi.
36-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
La Liga
37-tur bahslari
12-may, yakshanba
“Atletik Bilbao”—“Selta” 21:30
“Leganes”—“Espanyol” 21:30
“Vilyarreal”—“Eybar” 21:30
“Valensiya”—“Alaves” 21:30
“Rayo Valyekano”—“Valyadolid” 21:30
“Jirona”—“Levante” 21:30
“Betis”—“Ueska” 21:30
“Barselona”—“Xetafe” 21:30
“Atletiko Madrid”—“Sevilya” 21:30
“Real Sosyedad”—“Real Madrid” 21:30
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)