Muxlislar tomonidan “Manchester Yunayted”ning 2018/19-yilgi mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.
Mazkur nomga himoyachi Lyuk Shou loyiq deb topildi. 23 yoshli futbolchi bu borada himoyachi Viktor Lindelyof hamda yarim himoyachi Pol Pogbani ortda qoldirdi.
U muxlislarning ovoz berishi va futbolchilar orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali tanlandi.
“Qiyin damlarda muxlislar menga ishondi va har doim menga ishonch bildirdi. Menga ovoz berishda davom etishlarini ko‘rish juda yoqimli. Ushbu sovrinni qo‘lga kiritganimdan faxrlanaman”, — dedi Shou.Eslatib o‘tamiz, Shou joriy mavsum Premyer liga doirasida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)