Hujumchi Muhammad Saloh “Liverpul”da aprel oyining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.
Misrlik futbolchi o‘tgan oyda 6 ta uchrashuvda 5 ta golga mualliflik qildi.
U bu yo‘lda jamoadoshlari Sadio Mane hamda Jordan Hendersonni ortda qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, Saloh oktabr va dekabr oylarida ham mazkur sovringa ega chiqqandi.
Ma’lumot uchun, hujumchi joriy mavsum Premyer ligada 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)